Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi akademik litsey 2009-2010 o'quv yili uchun 2009 yilda 9-sinf bitiruvchi iqtidorli o'quvchilarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qabul qiladi:
•
Aniq fanlar (matematika, chet tili)
• Aniq fanlar (fizika, matematika)
• Tabiiy fanlar
• Xorijiy filologiya
• Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Quyidagi hujjatlar akademik litsey maslahat markaziga topshiriladi:
1. Akademik litsey direktori nomiga ariza
2. Tayanch ma'lumoti to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasi.
3. 086-U shakldagi tibbiy ma'lumotnoma.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi.
5. Doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma.
6. Psixologik-pedagogik tashxis markazining tavsiyanomasi.
7 3x4 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat.
8. Dalolatnoma 4 nusxada;
Hujjatlar 2013 yil 20 iyundan qabul qilish boshlanadi.
Akademik litseyga kiruvchilar uchun tanlov sinovlari o'qish yo'nalishlari hisoga olinmagan holda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ona tili va adabiyotdan ijodiy ish (bayon), matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va xorijiy tillardan test sinovlari.
Halqaro, respublika va viloyatlar bosqichidagi yo'nalish fanlari bo'yicha fan olimpiadalari tanlovlari g'oliblari akademik litseyga tanlovsiz qabul qilinadi.
O'qish muddati 3 yil. O'qish o'zbek va rus tilida olib boriladi.