Samdu 1-son akademik litsey yo'nalishlari

 Akademik litseyda aniq fanlar, tabiiy fanlar, xorijiy filologiya, ijtimoiy gumanitar y'nalishlari bo'yicha o'qitiladi:


 

Aniq fanlar (iqtisodiyot):
Aniq fanlar (matematika, xorijiy til) yo'nalishida matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot, informatika fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. Litseyimizning bu yo'nalishidagi bitiruvchilari Toshkent Moliya Institutida, Iqtisodiyot Universitetida, Samarqand Davlat Universitetida, Samarqand Qishloq Xo'jaliklar Institutida, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Institutlarda taqsil olmoqdalar. Bitiruvchilarga ofis jihozlari texnigi mutaxassisligi beriladi.

 

Aniq fanlar (fizika-matematika):
Aniq fanlar (Matematika, Fizika) yo'nalishida tahsil oladigan talabalarga matematika, fizika, ona tili va adabiyot, informatika fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. Litseyimizning bu yo'nalishidagi bitiruvchilari Universitetning matematika, fizika, elektronika, mexanika, amaliy matematika, va informatika yo'nalishidagi fakultetlarda o'qishni davom ettirishi mumkin. Bitiruvchilarga ofis jihozlari texnigi mutaxassisligi beriladi.

Ijtimoiy gumanitar:

Ijtimoiy gumanitar yo'nalishida tahsil oladigan talabalarga Tarix, Chet tili (Nemis yoki ingliz), ona tili va adabiyot, huquq asoslar fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. Litseyimizning bu yo'nalishidagi bitiruvchilari Huquqshunoslik oliygohlari yoki fakultetlarga, Tarix fakultetlari, Xalqaro Diplomatiya va Iqtisodiyot universitetlarida o'qishni davom ettirishmoqda. Bitiruvchilarga ish yurituvchi mutaxassisligi beriladi.


Tabiiy fanlar:
Tabiiy fanlar yo'nalishida tahsil oladigan talabalarga Biologiya, Kimyo, ona tili va adabiyot, Informatika fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. Litseyimizning bu yo'nalishidagi bitiruvchilari Tibbiyot Institutlarida, Universitet va Institutlarning kimyo, biologiya, ekologiya va tuproqshunoslik bo'yicha o'qishni davom ettirishlari mumkin. Bitiruvchilarga bio-kimyo laboranti mutaxassisligi beriladi.

Xorijiy Filologiya :
Xorijiy filologiya yo'nalishida tahsil oladigan talabalarga Chet tili(Engiliz yoki Nemis), Ona tili va Adabiyot, Tarix fanlari chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qitiladi. Tillarni o'rgatishda audio, video, lingafon tizimlaridan foydalaniladi. Litseyimizning bu yo'nalishidagi bitiruvchilari Chet tillar Instiutida, Universitet va Institutlarning Filologiya, Jurnalistika fakultetda o'qishlarini davom ettirishlari mumkin. Bitiruvchilarga ish yurituvchi mutaxassisligi beriladi.

Litsey | Yo'nalish | Iqtidor | Kontakt | Yotoqxona | Abiturient | Galeriya
Сайт управляется системой uCoz